14 yanvar-“Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan “Xalq va armiya bir tanu bir jon shiori ostida” O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida harbiy xizmatchilarning maʼnaviy olamini yana-da boyitish maqsadida “Kitobxonlik kechasi” o‘tkazildi.
Mazkur kitobxonlik kechasida Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayid hamda xalqimiz suygan yozuvchi va shoirlar o‘z ijodiy sheʼrlari bilan ishtirok etdi.
Tadbir yakunida harbiy qism kutubxonasiga esdalik uchun O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan 400 dan ortiq badiiy va adabiy kitoblar sovg‘a qilindi.