Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugun jahonning yuksak minbarlarida, dunyo sahnasida, Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz, tobora ulkan kuch-qudrat va salohiyat kasb etayotgan harbiylarimiz qo‘lida sarbaland bo‘lgan yurtimiz bayrog‘i har birimizga yuksak g‘urur, faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Ana shunday lahzalarda qalblarimizda shu bayroqqa, uning timsolida ona Vatanimizga bo‘lgan cheksiz hurmat, chuqur daxldorlik hisi jo‘sh uradi.

Ayni kunda respublikamizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yillik shodiyonasi keng nishonlanmoqda. Jumladan, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlar ishtirokida ushbu kunga bag‘ishlab davra suhbatlari, insho va rasmlar tanlovi o‘tkazilib, faol qatnashgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Shuningdek, Termiz shahri bo‘ylab velomarafon va “besh ming qadam” shiori ostida maqsadli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Text to speech