Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

1—IYUN XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Bu kun, insonparvar va adolatli jamiyatni barpo etishning zarur shart-sharoiti sifatida bolalarning yashash huquqini, fikr va eʼtiqod erkinligini, taʼlim va dam olish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish huquqlarini hurmat qilish, murg‘ak qalblarni jismoniy va psixologik zo‘ravonliklardan, bolalar mehnati ekspluatatsiyasidan himoya qilish zarurligini eslatib turadi. Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi. 

Dastlab Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi bo‘ylab boshlangan sayohat poytaxtda joylashgan "G‘alaba bog‘i"da davom etdi.

Yoz faslining ilk kunidagi ushbu sana barchani ezgulikka, yaʼni bolalikka hayajon va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi, chunki bolalar bizning kelajagimiz, mamlakatimizning buyuk kelajagi.

 

 

Text to speech