Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

2024 YIL SARHISOBI HAMDA 2025 YILDAGI USTUVOR VAZIFALARGA BAGʻISHLANGAN HAYʼAT YIGʻILISHI

Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev raisligida  2024 yil davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va 2025 yilda bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Video-selektor tarzida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Milliy gvardiya qoʻmondonligi, tizimdagi tarkibiy va hududiy boshqarma, boʻlim, xizmat boshliqlari, taʼlim muassasa rahbarlari hamda sohaga oid mutasaddilar ishtirok etishdi.

Tadbirning kirish qismida Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan Davlatimiz rahbarining, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigida, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati hamda harbiy xizmatchilarimizning jismoniy va maʼnaviy shayligini oshirish, shuningdek harbiy intizomni mustahkamlash borasida belgilab bergan vazifalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, Milliy gvardiya tizimida 2024 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, tanqidiy va tahliliy koʻrib chiqilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilindi va mazkur masalalar yuzasidan qoʻmondon oʻrinbosarlari hamda mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

 Milliy gvardiya qoʻmondoni tadbir soʻngida, hududiy boshqarmalar va taʼlim muassasa rahbarlarining kun tartibida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini tingladi. Shundan kelib kelib, harbiy xizmatchi va xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish borasida qatʼiy tartib intizom va tanqidiy tahlil olib borishni kundalik meʼyorga aylantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

 Shuningdek, joriy yilda tizim oldida turgan muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini qatʼiy nazoratga olish boʻyicha tegishliligi boʻyicha topshiriqlar berdi.

Text to speech