Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

22-noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur  konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi, IIV Akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, shuningdek, Milliy gvardiyaning malakali psixologlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, konferensiyaga mustahkam va bardavom hamkorlikni yoʻlga qo’yish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Psixologlar assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyurishdi.

Konferensiyada huquqni muhofaza qilish tizimida kadrlarni va kadrlar zaxirasini tayyorlashda zamonaviy amaliyotdan foydalanish imkoniyatlari, Ichki ishlar organlari tizimida psixofiziologik tekshiruvlarni amalga oshirish mexanizmi, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oilaviy nizolarini bartaraf etishda olib boriladigan psixodiagnostik suhbat usullari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida profayling usulini joriy etish masalalari mavzularida maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi oʻrtasida, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Yakunda Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan oʻtkazilgan “Eng yaxshi psixolog” koʻrik tanlovining respublika bosqichida faxrli oʻrinlarni egallagan xodimlar, shuningdek, bir guruh psixolog xodimlar va konferensiya ishtirokchilarini idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Text to speech