22-sonli Mehribonli uyida IT texnologiyalari bo‘yicha “Raqamli avlod” tadbir o‘tkazildi.
Poytaxtimizda joylashgan 22-sonli Mehribonli uyida IT texnologiyalari bo‘yicha “Raqamli avlod” loyihasi doirasida ijtimoiy ahamiyatli tadbir o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv kurslarida tarbiyalanuvchilar Prezident taʼlim muassasalari agentligi mutaxassislaridan dasturchilik sir asrorlarini o‘rganib, 40 nafar o‘quvchi guruhlarga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Raqamli avlod” loyihasi doirasida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlari bo‘yicha Microsoft kompaniyasining dastlabki dasturchilik testlaridan o‘tgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.