Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Muruvvat” uyida Milliy gvardiya tomonidan tadbir o‘tkazildi

Mehr, muruvvat bu – biz bir-birimizga berishimiz zarur boʻlgan eng muqaddas tuygʻu. Bu tuygʻuni hamma birdek his qiladi. U xoh yosh boʻlsin, xoh keksa, xoh sogʻlom boʻlsin-u xoh xasta.
Farahbaxsh kunlar arafasida internat uyida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olish, maʼnaviy va moddiy qoʻllab – quvvatlash tadbirlarini oʻtkazish tizimda anʼanaga aylangan. Bugun ham ushbu anʼanaga sodiq qolgan holda, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansambli xonandalari , Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi hamda Harbiy musiqa akademik litseyi oʻquvchilari Sirdaryo tumanidagi "Muruvvat" imkoniyati cheklangan ayollar muassasaga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida taqdir taqozosi bilan intellektual imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga xushkayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi tashkil etildi. Mehmonlar bilan birgalikda qoʻshiqlar kuylab, raqsga tushgan opa-singillar, munis onajonlar va buvijonlar oʻzlarini ancha bardam his etib, yuzlarida kulgu bilan anchadan buyon bu qadar maʼnaviy hordiq chiqarmaganliklarini soʻzlab berdi.
Shundan soʻng, barcha ishtirokchilar bayram dasturxoni atrofida suhbatlarini davom ettirishdi.
Tadbir yakunida internat uyida istiqomat qiluvchi 250 nafar ayollarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari va kiyimlar taqdim etildi.

Text to speech