Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilanm Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bayram tadbiri tashkil etildi

Yurtimizda yosharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan sohada faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchi va xodima ayollarimizni tantanali ravishda taqdirlash marosimi va konsert dasturi tashkillashtirildi. Unga harbiy xizmatchilar va xodima ayollar, xizmat paytida halok bo‘lgan safdoshlarimizning oila aʼzolari va onalari, faxriylar, Jamoat xavfsizligi universiteti va tizimning boshqa taʼlim muassasalari vakillari hamda hamkor tashkilotlardan mehmonlar taklif etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni generel-mayor R.Djurayev ishtirok etib safimizdagi opa-singillarimizni va ular orqali yurtimizning barcha ayollarini munis onaxonlarimizni qutlug‘ bayramlari bilan chin dildan tabrikladi. Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘z nutqida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi Milliy gvardiya tizimida ham turli lavozimlarida xotin-qizlarimiz faoliyat yuritayotganini alohida taʼkidladi.

Xotin-qizlarimizning fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, faolligi, ibratli fazilatlari davlatimiz rahbari tomonidan inobatga olinib, oxirgi uch yil mobaynida 15 nafari mamlakatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi, 112 nafari davlat va idoralarning turli darajadagi ko‘krak nishonlari va 126 nafari Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan rag‘batlantirildi.

Oxirgi uch yil mobaynida 168 nafar ayol harbiy xizmatchi va xodimalarga ofitserlik unvonlari berildi, shulardan 15 nafari rag‘batlantirish tariqasida muddatidan oldin unvonlar olgan bo‘lsa, mazkur tadbirda ham Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan 4 nafari muddatidan oldin harbiy va maxsus unvonlar olishga muyassar bo‘ldi. Shuningdek, aʼlo xizmatlari uchun, naʼmunali xizmatlari uchun va fidoiy xodim, maʼnaviyat aʼlochisi ko‘krak nishonlari va faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bundan tashqari “Matonat malikalari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi.

Bayram kechasi davomida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs asnamblining opa-singillarimizni madh etuvchi kuy qo‘shiqlardan iborat konsert dasturi havola etildi. Barchaga birdek bahoriy kayfiyat ulashgan tadbir bayram dasturxoni davrasida dilbar kuy qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Text to speech