Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchi va ishchi xodimlari uchun bayramona tadbir tashkil etildi

Tantanali marosimda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev, tizimida xizmat qilib kelayotgan fidoyi va jonkuyar opa-singillarimiz, shuningdek turli sohalarda yelkadosh boʻlib kelayotgan dilbar ayollarimizga munosib ehtirom koʻrsatib samimiy tilaklarini bildirdi.
Davlatimiz rahbarining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda taʼkidlab oʻtganidek, “Chindan ham, mehr-oqibat, olijanoblik, muhabbat va sadoqat kabi yuksak insoniy qadriyatlarni kamol toptirishda, oila qoʻrgʻonini mustahkamlashda sizlarning xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi”
Darhaqiqat bugungi kunda hurmatli ayollarimiz turli soha va tarmoqlarda Vatanimizning jadal taraqqiyoti uchun oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Xususan, Milliy gvardiya saflarida ham yigitlar bilan bir qatorda, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini taʼminlashdek oliy maqsad yoʻlida xizmat qilib kelayotgan ayol harbiy xizmatchilarimiz, Yangi Oʻzbekiston tayanchi va bunyodkori boʻlgan yosh avlodning tarbiyasida ham jonkuyarlik bilan munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.
Bayram munosabati bilan, tizimdagi shu kabi jonkuyar va fidoyi gvardiyachi ayollarning bir guruhi hamda soha rivoji uchun yelkadosh boʻlib kelayotgan dilbar ayollarimiz Milliy gvardiya qoʻmondoni buyrugʻi bilan, idoraviy koʻkrak nishonlari, dastlabki harbiy unvon, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandilar.

Text to speech