Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

BMT tashabbusi bilan xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni har yili 9 dekabr sanasida nishonlanadi.

2003 yil 31 oktyabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qabul qilingan. Shuningdek, korrupsiya muammosi va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi Konvensiyaning rolini chuqur anglash uchun 9 dekabrni Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. KONVENSIYA 2005 yil dekabr oyida kuchga kirgan.

2003 yilning 9 dekabr sanasida Meksikaning Merida shahrida boʻlib oʻtgan yuqori darajadagi siyosiy konferensiyada BMT ning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi imzolanish uchun ochildi.

Ushbu hujjatni imzolagan davlatlarda pora olish, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va korrupsion daromadlarni legallashtirish jinoyat deb eʼlon qilishi majburiy hisoblanadi.

2003 yilgi KONVENSIYA bu turdagi ilk hujjat hisoblanadi. Bu, ayniqsa, barcha tuzilmalarning korrupsion darajasi milliy farovonlikka zarar yetkazadigan mamlakatlar uchun juda muhimdir.

Text to speech