Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

9 may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda mehnat faxriylari holidan xabar olindi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor  R.Djurayev  mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda poytaxtimizning Sirg‘ali va Uchtepa tumanlarida istiqomat qiluvchi  faxriylar bilan uchrashib, bayram munosabati bilan yo‘llangan Prezident tabrigini o‘qib eshittirdilar.  

Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda mehnat faxriylari bo‘lgan poytaxtimizning Uchtepa tumanida yashovchi 82 yoshli Burikin Anatoliy Ivanovich, Sirg‘ali tumanida istiqomat qilib kelayotgan 83 yoshli Askarov Ravil Nazarovich, 84 yoshli Malseva Svetlana Petrovna va 85 yoshli Ananeva Nina Antonovnalarning holidan xabar olish uchun  Milliy gvardiya qo‘mondoni   R. Djurayev, Sirg‘ali tuman hokimi E.Shukurov, Uchtepa tumani hokimi F.Abdullayev  Qurolli Kuchlar faxriylari, mutasaddi rahbarlar hamda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Faxriylar,  mahalla aholisi ayniqsa yoshlar ishtirokidagi tadbirda,   bayram munosabati bilan yo‘llangan Prezident tabrigi o‘qib eshittirilib, samimiyatga yog‘rilgan bu so‘zlarga hamohang ravishda 18 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Davlatimiz rahbariga o‘zlarining minnatdorchiligini bildirgan faxriylarimiz, suhbat davomida urush xotiralari  hamda osoyishtalikning qadri haqida so‘z yuritib,  mamlakatimizda hukm surayotgan bebaho tinchlik va ulkan taraqqiyotga ko‘z tegmasin deya samimiy tilaklar bilan duoga qo‘l ochdilar.

Dildan kechgan suhbat davomida urush qatnashchilari Davlatimiz rahbariga o‘zlarining minnatdorchiligini bildirgan holda, urush xotiralari hamda osoyishtalikning qadri haqida so‘z yuritdilar.

Tashrif jarayonlari to‘g‘risda fotoreportajlar orqali tanishishingiz mumkin!   

 

Text to speech