“Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda. / /Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o'q otish va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borilmoqda. / / Milliy gvardiya tizimida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil etishni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan oʻquv seminari o’tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha navbatdagi oʻquv yigʻini yakunlandi. / / Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga bel bogʻlagan yosh askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. / / Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev, soha mutasaddilari va masʼullar ishtirokida Toshkent shahrida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriylari, nuroniylar va keksa avlod bilan uchrashib, bayram munosabati bilan Davlatimiz rahbarining yoʻllagan ezgu tilaklari yetkazilib, pul mukofoti va sovgʻalar topshirildi.

Xalq xotirasi deganda kishi koʻz oʻngidan Vatan ibtidosidan buguniga qadar shu yurt, shu xalq deb kurashgan, kuch-qudrati, aql-zakovatini ayamagan, kerak boʻlsa, shu yoʻlda jon fido qilgan ne-ne buyuk zotlar bir-bir oʻtadi. 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami - bu shunchaki bayram emas, unda milliy xususiyat va yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshadigan qadriyatlar mujassamdir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Farmoni bilan urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming AQSH dollari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti va tabriklarini tantanali ravishda topshirish maqsadida Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov hamda sohaga oid mutasaddi rahbarlar poytaxtimizning Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boʻlgan 86 yoshli Malseva Svetlana Petrovnaning xonadoniga tashrif buyurishib, sana munosabati bilan yoʻllangan Prezident tabrigi oʻqib eshittirilgan holda pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov, harbiy xizmatchilar, tuman hokimligi vakillari ushbu tumanda istiqomat qiluvchi 88 yoshni qarshi olgan Ananeva Nina Antonovnaning holidan xabar olishib, Prezidentimiz tabrigi va pul mukofotlarini yetkazishdi. Albatta, ularga qancha ehtirom va eʼzoz koʻrsatsak shuncha kam, ularning qahramonligi, jasorati barchamizga namunadir.
Ana shunday Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan yana biri 1926 yilda tugʻilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 99 yoshni qarshi olgan Kolominseva Antonina Vasilevna, bugunda poytaxtimizning Chilonzor tumanida istiqomat qiladi. Onaxon jangohlarda hamshira boʻlib xizmat qilib, koʻplab urush qatnashchilariga tibbiy yordam koʻrsatgan. Antonina Vasilevna nafaqaga chiqgunga qadar 65 yil davomida tibbiyot xodimi sifatida faoliyat yurib, bemorlarga shifo ulashgan. Ularni yoʻqlash va bayram kayfiyatini xonadoniga olib kirish maqsadida Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik A.Sormonkulov Chilonzor tumani hokimi S.Xolxoʻjayev, tuman mudofaa ishlari boʻlimi, gvardiyachilar, kursant va oʻquvchilar hamda tuman faollari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining uyiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv chogʻida Prezidentimiz tabrigi oʻqib eshittirildi. Shuningdek, urush fahriysi yoshlar bilan qizgʻin suhbat qurib, yaxshi taʼlim olish va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish kerakligini taʼkidladi. Yoshlar ham oʻz navbatida ijod namunalaridan yod olishib, tadbirga koʻtarinkilik baxshida etishdi.
Milliy gvardiya harbiy orkestri, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, “Temurbeklar maktabi” va Harbiy musiqa akademik litseyi oʻquvchilari onaxon istiqomat qiladigan koʻp qavatli turar joy binosi oldida saf tortishib bayram kayfiyatini ulashishdi. Bir soʻz bilan aytganda urush faxriylarining jasoratlari, koʻrsatgan qahramonliklari unutilmaydi. Ular oʻchmas mayoqdek, har doim qalbimizda mangu yashashadi.

Text to speech