MAQSAD SARI ILDAM QADAMLAR
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning biri xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashdir va bu borada Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan ayollar va ishga kirish istagini bildirgan harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari uchun Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida 15 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining 70 ga yaqin mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini namoyish qildi.
Yarmarka davomida 8 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlangan bo‘lsa, 15 nafari kasb-hunar muassasalariga o‘qishga yo‘llanma oldi.
Bunday mehnat yarmarkalarini tashkil etishdan asosiy maqsad jamiyatda har jabhada xotin-qizlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash orqali jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdir.