Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish  hamda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev  boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh Navoiy viloyatida  o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda

Bugun ishchi guruh tomonidan viloyat yoshlarining taʼlim olishi, kasb-hunar o‘rganishi va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi. Xususan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Navoiy shahar hokimi M.Egamqulov hamda ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar va sport majmuasi faoliyati bilan tanishdi.
Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan IT-texnologiyalari, ingliz va xitoy tillarini o‘rganish uchun yaratilgan sharoitlar, kurash bo‘yicha sport to‘garagi, shuningdek, milliy taomlar, tikuvchilik va novvoylik kabi kasb-hunar o‘rgatishga moslashgan guruhlar bilan tanishib, o‘quvchi-yoshlar bilan yaqindan suhbatlashdi. Tashrif so‘ngida, masʼullarga sport majmuasini qo‘shimcha sport anjomlari bilan jihozlash bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda Milliy gvardiya tomonidan tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida bevosita qo‘mondon ham ishtirok etib, sport seksiyalari faoliyati bilan ham tanishdi. Shu bilan birga, "Yosh gvardiyachilar" doirasida o‘tkazilgan respublika sport musobaqalarida mazkur muassasa o‘quvchilari erishgan yutuqlarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv oxirida Qo‘mondon tomonidan nomdor sportchilar yetishib chiqayotgan ushbu muassasa sport zali sig‘imi kamligi alohida taʼkidlanib, sport zal yerto‘lasida shug‘ullanib kelayotgan kurashchilar uchun zamonaviy sport inshooti qurish masalasida shahar hokimligi bilan kelishib olindi.
Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ishchi guruhning masʼul vakillari hamda soha xodimlariga yoshlarni taʼlimga yo‘naltirish, ularni yuksak maʼnaviyatli, har tomonlama komil inson bo‘lib ulg‘ayishlari, shu bilan birga, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun turli sport seksiyalari hamda ommaviy sportga jalb qilishga qaratilgan dasturlarning ijrosi to‘liq taʼminlanishi yuzasidan tegishli vazifalar berildi.

Text to speech