AJDODLARNI XOTIRLASH – MUQADDAS QADRIYAT
Buyuk sarkarda, eng so‘ngi Xorazmshoh sifatida tarixda o‘chmas nom qoldirgan bobomiz Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasida ko‘rsatgan buyuk xizmatlarini xotirlash maqsadida Xorazm viloyati Milliy gvardiya va Ichki ishlar boshqarmasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi harbiy xizmatchi va xodimalari Xiva shahrida joylashgan Maʼmun akademiyasiga tashrif buyurdilar.
Akademiyada tarixshunos olimlar ishtirokida “Jaloliddin Manguberdining Vatan ozodligi yo‘lida jasorati” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada shonli tariximiz, buyuk sarkardaning mardligi va jasorati to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Konferensiyaning badiiy qismida “Lazgi ansambli" raqqosalari tomonidan raqs kechasi tashkillashtirilib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashildi.
Konferensiya so‘ngida ishtirokchilar uchun Xiva shahri bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Xiva shahri tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishgan harbiy xizmatchi va xodimalar ulkan taassurotlarga ega bo‘ldilar.