Aliment to‘lamagan va o‘g‘irlik qilganligi uchun qidirilayotgan shaxs Toshkentdagi masjidda qo‘lga olindi
O‘tgan haftaning juma kuni Milliy gvardiya xodimlari poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan masjidga tashrif buyuruvchilar orasida tashqi ko‘rinishi jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxsga o‘xshash fuqaroni payqab qolishgan. Ushbu shaxsning hujjatlarini tekshirish natijasida taxmin qilinganidek Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan 39 yoshli K. I. ekanligi maʼlum bo‘ldi. Mazkur fuqaro ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122 (“Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash”) va 169 (“O‘g‘rilik”) moddalari asosida qidiruvga eʼlon qilingan. Qo‘lga olingan shaxs ichki ishlar organlariga topshirildi.