Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyida “Musiqiy taʼlim va harbiy vatanparvarlik anʼanalarining istiqboli” mavzusida ilk bor xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Mazkur keng ko‘lamli tadbir musiqa va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi yo‘nalishida yetakchi taʼlim muassasalaridan biri bo‘lgan litsey ilmiy-ijodiy faoliyatining 80 yilligiga bag‘ishlandi.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad litsey tarixining yorqin sahifalarini yoritish, o‘zaro tajriba almashish va musiqa taʼlimi va vatanparvarlik tarbiyasining yangi yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat bo‘lib, unda Qozog‘iston, Tojikiston, Belorus, Rossiya va Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Turkiya davlatlaridan ikki yuzdan ortiq ishtirokchilar onlayn hamda oflayn tarzda qatnashdi.

Dastlab konferensiyada Milliy gvardiya qo‘mondonining konferensiya ishtirokchilariga tabrigi qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov tomonidan o‘qib eshittirildi.

Tadbirda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi olimlari, doktorantlari, tadqiqotchilari, o‘qituvchilarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etib, konferensiyada ishtirokchilarning musiqa taʼlimining dolzarb muammolari, taʼlim jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi metodlari haqidagi bir qator maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyada mutaxassislar tomonidan musiqa taʼlimini rivojlantirishning zamonaviy talablari va istiqbolli rejalari, tajribani umumlashtirish va pedagogik malakani oshirish hamda vatanparvarlik tarbiyasining taʼlim jarayoniga integratsiyalashuvi yuzasidan masalalar muhokama qilinib, fikrlar almashildi.

Tadbir so‘ngida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech