Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

АMIR TEMUR TАVАLLUDINING 685 YILLIGI TАNTАNАSI

Buyuk sarkarda sohibqiron Аmir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʼyicha boshqarmasi maʼmuriy binosida “Biz – Temuriylar avlodimiz!” mavzusida harbiy xizmatchilar va Navoiy shahridagi umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi.
Аmir Temur — oʼzligimizni anglash, milliy anʼana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulugʼvor ishlarda xalqimizga maʼnaviy kuch bagʼishlab kelayotgan ulugʼ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun va sarkarda tavalludining 685 yilligi tadbirlari yurtimiz boʼylab keng nishonlanmoqda. Xususan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʼyicha boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir Sohibqiron va temuriylar saltanati tarixiga oid mashgʼulotlar bilan boshlandi. Uning aynan harbiy qism hududida oʼtkazilishida ham ramziy maʼno mujassam. Ota-bobolarimizdan meros shu muqaddas zamin ishonchli qoʼllarda ekaniligiga ishora boʼlsa, yana bir jihati yoshlarda vatanparvarlik tuygʼularini yuksaltirishdan iboratdir.
100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan tadbirda soʼz olganlar Аmir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik tarixi, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosi, temuriylarning dunyo taraqqiyotiga qoʼshgan beqiyos hissasi, sarkardaning mardlik, jasorat, adolat, sadoqat hamda vatanparvarlikka yoʼgʼirilgan eʼtirofli va ezgu fazilatlari mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat bilan uygʼun ekanligini takidlashdi. Shundan soʼng, harbiy xizmatchilarning sahna koʼrinishlari namoyish etilib, “Temur tuzuklari” va boshqa tarixiy manbalardan aytilgan fikrlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Oʼquvchilar tomonidan kuylangan kuy-qoʼshiqlar hamda Аmir Temur hayotiga oid manbalarning oʼzbek, rus, ingliz va qozoq tillarida ifodalanishi barchaga birdek manzur boʼldi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga Faxriy yorliq hamda esdalik sovgʼalari topshirildi. Taʼkidlash joizki, bu kabi tadbirlarning keng nishonlanishi yosh avlodning tariximizga oid bilimini, ulugʼ bobomiz siymosiga hurmat-ehtiromini yanada yuksaltiradi.

Text to speech