Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

АMIR TEMUR TАVАLLUDINING 685 YILLIGIGА BАGʼIShLАNGАN TАDBIR

Аyni kunlarda, yurtimiz boʼylab Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 685 yilligiga bagʼishlangan tadbirlar boʼlib oʼtmoqda. Taʼkidlash joizki, umumbashariyat tarixida mislsiz ahamiyatga ega boʼlgan buyuk sohibqiron Аmir Temur siymosida xalqimizning kuch-qudrati, adolatparvarligi, bunyodkorligi mujassamdir.
Shu maʼnoda, joriy yilning 8 aprelь kuni Millliy gvardiya Buxoro viloyati boʼyicha boshqarmasi hamda Qoʼriqlash boshqarmasi hamkorligida Buxoro shahridagi 39-sonli IDUMda Аmir Temur tavalludiga bagʼishlangan katta tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirning birinchi qismida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʼyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan qoʼl jangi koʼrgazmali chiqishlari, shuningdek qurol-yarogʼlarning koʼrgazmalari namoyish etilib, 500 dan ziyod tomoshabin bolajonlarning quvonchi va hayratiga sababchi boʼldi. Shu bilan birga, tadbir davomida ertamiz egalarining sportga boʼlgan qiziqishlarini inobatga olgan holda, tosh koʼtarish va arqon tortish sport turi boʼyicha musobaqalar ham tashkil etilib, jismonan chiniqqan va sportsevar yoshlar saralandi.
Tadbirning ikkinchi yarmida esa, maktab oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan koʼrgazmali chiqishlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarning Аmir Temur tarixini yodga oluvchi qiziqarli maʼruzalari tinglandi. Eʼtirof etish lozimki, yoshlarning Аmir Temur tarixini madh etuvchi sahna koʼrinishi, sheʼrlar, kuy va qoʼshiqlar, bir-biridan goʼzal raqslar tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʼldi.
Tadbir yakunida, ushbu kechaning tashkil etilishida faol qatnashgan oʼquvchilar hamda sport musobaqasi gʼoliblariga diplom va esdalik sovgʼalari taqdim etildi.

Text to speech