Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"Amir Temur - mardlik va jasorat timsoli"

Markazlashgan davlat asoschisi, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyida "Amir Temur -mardlik va jasorat timsoli" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi anjumanlar zalida Ixtisoslashtirilgan o‘quv markaz tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent O.Raxmatullayeva va muzey ilmiy xodimi F.Avazovlar tomonidan Amir Temurning harbiy jang sanʼatiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda “Temur tuzuklari” yuzasidan so‘nggi ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Shundan so‘ng, muzey mutaxassislar hamrohligi ostida tinglovchilar guruhlarga bo‘linib muzey bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

O‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Respublikamizning olis manzillaridan kelgan yosh tinglovchilarda unutilmas taassurot qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.

Text to speech