Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo’yicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati

Yoshlarning bandligini taʼminlash, muammolarini hal etish, ularning iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, sportga jalb etish va ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan respublika yoshlari vazirlik va idoralarga biriktirib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga bugungi kunda 500 ming yoshlar biriktirilgan bo‘lib, Andijon viloyatidagi 36 ming nafar biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha viloyat va tuman hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Yoshlar ishlari agentligi va mahalla yettiligi va masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda Milliy gvardiya qo‘mondonligi ishchi guruhi o‘rganishlar olib bordi.

Dastavval ishchi guruhi rahbari Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari raisligida voyaga yetmaganlar orasida sodir bo‘layotgan qonunbuzarliklar va ularning oldini olish, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni muhokamasiga bag‘ishlangan video selektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Ichki ishlar, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklari, Mahallalar uyushmasi va Yoshlar ishlari agentligidan maʼsul rahbarlar ishtirok etishdi. Video selektor davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida Milliy gvardiya psixolog-inspektorlar va profilaktika inspektorlari, mahalla yettiligi hamkorligini jadallashtirish bo‘yicha maʼruzalar qilindi. Ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi va masʼullarga topshiriqlar berildi. Ishchi guruh tadbirlari doirasida Namangan va Andijon viloyatlarida yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha navbatdagi “VATANNING SODIQ YoSHLARI” nomli o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. Navbatdagi o‘quv yig‘ini avvalida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i boshchiligida yoshlar bilan "Yoshlar va rahbar uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari viloyatdagi 16 ta shahar, tumanlar kesimida yoshlar bilan ishlash borasidagi ishlarning samaradorligini o‘rganishib, xal etilishi zarur bo‘lgan muammolarni aniqlab, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgiladi.

1 intervyu Nosirov Ozodbek shahmat

2 intervyu Yunusaliyev Azamat futbol

Viloyatdagi 4-sektordagi yoshlar bilan ishlash tizimini yana-da rivojlantirish, ular o‘rtasida sport, madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi. Shaxmat-shashka, boks, mini futbol, stol tennisi, kamondan otish, ot sporti, voleybol, zakovat, basketbol, yengil atletika, suzish va konsert dasturlari tashkil etildi. Shu bilan birga oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining holidan xabar olinib, Paxtaobod tumanida mahalliy hokimlik, ijtimoiy himoya agentligi va masʼul tashkilotlar bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining 4 nafariga uy-joylar topshirildi.

Text to speech