Andijon viloyatida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Respublikamiz bo‘ylab 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" munosabati bilan Andijon viloyatida Harbiy prokuratura, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar hamkorligida 35-sonli umumtaʼlim maktabida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida favqulodda holatlar sodir bo‘lganda qay tarzda harakatlanish hamda bartaraf qilish bo‘yicha maxsus texnikalarning taktik-texnik xususiyatlari tushuntirib o‘tildi.Shuningdek, o‘quvchilarga yong‘in o‘chirish texnikalari va ulardan foydalanish talablari, aholi yashash joylarida va aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlarda xavfsizlikni taʼminlash borasida tushunchalar berildi.