Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Andijon viloyatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasi yuzasidan sayyor qabul va ommaviy uchrashuv tashkillashtirildi.

Mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish, jangovar shayligini yana-da oshirish, xizmat o‘tash uchun qulay sharoitlar yaratish, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Andijon viloyatida harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari ishtirokida Harbiy prokuratura, Milliy gvardiya, Mudofaa, Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Bugungi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi hamda oila aʼzolari uchun bir qator imtiyozlar,turmush tarzi hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olingan. Bunga misol tariqasida Andijon viloyatida o‘tkazilgan sayyor hamda ommaviy qabullarni aytib o‘tish joiz.

Qabulga tashrif buyurgan harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari o‘zlarining huquqiy bilimlarini oshirish bilan bir qatorda, bugungi kunda qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha tegishli mansabdor shaxslarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Text to speech