AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini taʼminlovchi ko‘plab tizimli ishlar davom etmoqda.
Xususan, kuni kecha Yashnobod tumani Beshariq mahallasida “Yoshlar daftari” “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” ga kiritilgan bandligi taʼminlanmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga yordam berish hamda ularning muammolarini ijobiy hal etish maqsadida 2 sektor rahbari tomonidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va IIV xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarolarning muammolari o‘rganilib, “ Ayollar daftari”ga kiritilgan, vaqtincha ishsiz bo‘lgan 4 nafar ayol bandligi taʼminlandi.
Shuningdek, nogiron farzandi bor bo‘lgan fuqaroga 980 ming so‘m miqdorida yordam puli ajratilib, yoshlar daftariga kiritilgan, uyushmagan yoshlar hisobida turuvchi 2 nafar fuqaroga davlat byudjeti hisobidan muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun yo‘llanma berildi.