Har kuning Navro‘z bo‘lsin-jonajon O‘zbekistonim
21 mart umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan yurtimizning barcha so‘lim go‘shalarida Navro‘z sayllari, tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Qo‘qon shahrida ham Navro‘z ayyomi keng nishonlandi. Mazkur tadbirda Milliy gvardiya, IIB, barcha sektor vakillari o‘zlarining milliylikni namoyon etuvchi ko‘rgazmali chiqishlari, milliy taomlar hamda kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ham taklif etildi.
Qo‘qon shahrida joylashgan 29-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti, "Yosh gvardiyachilar" sinfi o‘quvchilari o‘zlarining qo‘l jangi sanʼati namunalari, Vatan haqida qo‘shiq hamda milliy raqslar bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi.