Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLAR HAMDA ULARNING OILA AʼZOLARI BILAN ISHLASHDA YANGICHA YONDASHUV

Milliy gvardiya tizimida Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda poytaxtimizdagi Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari hamda ishchi-xizmatchilar o‘rtasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

Unda “Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va vazifalari” mavzusida insholar tanlovi, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikdan bilim darajasi bo‘yicha test sinovlari, yakka tartibda sohaga oid savol-javoblar o‘tkazildi.

Shuningdek, Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasida “Oilaviy zo‘ravonlikga qarshi kurashish indikatori” mavzusida Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi professor mutaxassislari bilan birgalikda harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun uchrashuv tashkillashtirildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi “Axborot-kutubxona markazi”da Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vaziriligi Onalik va bolalik muhofazasi bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv yig‘ini ishtirokchilari uchun “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlash hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari” mavzusida davra suhbati va amaliy-trening o‘tkazildi. Albatta tashkillashtirilgan ushbu o‘quv yig‘ini O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida harbiy xizmatchilar va ulaning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha joriy etilgan katta ofitser lavozimiga nomzodlar uchun chin maʼnoda mahorat darsi bo‘ldi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Text to speech