Harbiy xizmatchilarning oilasi uchun «Buxoro Varnet» zamonaviy agrosanoat majmuasiga sayohat uyushtirildi
Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida bugungi kunda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri, bugun harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini madaniy xordiq chiqarishlarini taʼminlash hamda tabiatni asrash, unga bo‘lgan qiziqishni orttirish va ekologik madaniyatni yana-da oshirish maqsadida respublikamizda yagona bo‘lgan «Buxoro Varnet» zamonaviy agrosanoat majmuasiga sayohati bilan davom ettirildi.
Buxoro azaldan tuprog‘i sho‘r, yerlari qumloq, suvi tanqis o‘lka sifatida tilga olinadi. Viloyatning juda katta va keng hududi cho‘l zonalardan iborat. Biroq, inson qo‘li shu qadar moʻjizalarga qodirki, cho‘lda ham bog‘ barpo etib, uni so‘lim go‘shaga aylantira oldi.
Aynan, mazkur maskanga tashrif buyurgan mehmonlarda ham u yerdagi go‘zal manzaradan katta taassurotlar olishdi.