Harbiy xizmatchilar oʻrtasida tashkil etilgan “Mening armiyam-mening faxrim!” mavzusidagi eng yaxshi tasviriy sanʼat asarlari tanlovining gʻoliblari aniqlandi.
Toshkent Fotosuratlar uyida Milliy gvardiya miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, yoshlar, shuningdek, professional ijodkorlar o‘rtasida tashkil etilgan “Mening armiyam-mening faxrim!” mavzusidagi eng yaxshi tasviriy sanʼat asarlari tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
Ko‘rik tanlovda harbiy xizmatchi (xodim)lari va ularning oila aʼzolari, mehribonlik va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari o‘zlarining rang tasvir va grafik usulidagi chizgan rasmlari bilan ishtirok etdi. Tanlovda 100 nafar ishtirokchi tomonidan chizilgan 150 ta rasmlar saralab olindi (shundan 59 grafik usulda, 91 tasi rang tasvir yo‘nalishida).