Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Harbiy-vatanparvarlik” va "Yosh gardiyachilar" sinflari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan o‘quv yig‘ini tashkil etildi

Milliy gvardiya markaziy devonida “Harbiy-vatanparvarlik” va "Yosh gardiyachilar" sinflari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan Milliy gvardiyaning Toshkent shahar, Qoraqolpog‘iston respublikasi, Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridagi mintaqaviy o‘quv markazlarida o‘tkazilayotgan o‘quv yig‘inining boshlanishi munosabati bilan onlayn konferens aloqa tarzida video selektor o‘tkazildi. Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari F.Boqiyevlar ishtirok etishib, o‘quv yig‘ini ishtirokchilariga yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan zamonaviy metodlar bilan tanishtirdi. Jumaladan, yangi o‘quv yilida o‘quvchilar uchun tashkil etiladigan vatanparvarlik tardbirlari har bir oyga berilgan nomga mos ravishda o‘tkaziladi. Shuningdek, tashkil etiladigan "Yosh gardiyachilar" sinflari namunali tarzda jixozlanishi haqida ham aytib o‘tildi.

Bo‘lib o‘tadigan o‘quv yig‘ini davomida umumiy o‘rta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan Jamoat xavsizligi universiteti prefessor-o‘qituvchilari tomonidan masofadan on-layn mashg‘ulotlar va asosan amaliy mashg‘ulotlar tashkillashtirilishi taʼkidlandi. Albatta yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalashda Milliy gvardiya va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining uzviy hamkorligida o‘tkazilayotgan bu kabi o‘quv-yig‘inlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech