Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARNING FARZANDLARI O‘RTASIDA SPORTNING MINI FUTBOL TURI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududida joylashgan sport maydonida Milliy gvardiyaning Toshkent shahri va viloyatida joylashgan harbiy qismlari va taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Yoshlarni sportga jalb etish va sportning futbol turiga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirish hamda sog‘lom dunyo qarashni shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu musobaqada 4 ta jamoa bolalari o‘zaro g‘oliblik uchun kuch sinashishdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan sport tadbirida har bir jamoa aʼzolari maydonda mardonavor harakat qildi. Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqada Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari g‘alabasi bilan yakunlanib, g‘olibga aylandi. Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlarining farzandlaridan iborat jamoa 2-o‘rinni, Milliy gvardiyaning Qibray tumanida joylashgan brigadasi harbiy xizmatchilari farzandlarining jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoa tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok, medallar va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu kichik sport o‘yinlari kelgusida yetuk sportchilar erishib chiqishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Text to speech