Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi hududida yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Harbiy musiqa akademik litseyida "Musiqa nazariyasi, zarbli va estrada cholg‘ulari" yangi o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, IIV alohida namunali orkestri masʼul xodimlari, musiqa akademik litseyi faxriy o‘qituvchilari, el suygan bastakor va musiqashunoslar ishtirok etdi.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng yig‘ilganlar binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu yangi binoda o‘quvchilar ixtisoslashgan yangi va zamonaviy zarbli va estrada cholg‘ulari bilan jihozlangan xonalarda malakali mutaxassislardan musiqa sanʼati sirlarini egallashlari mumkin. Binodagi ovoz rejissyorligi uchun maxsus xona esa ovoz muhandisi uchun zarur tizim bilan jihozlangan bo‘lib, bu o‘quvchilarga yuqori sifatli audio yozuvlarini yaratish imkonini beradi.

Ikkinchi qavatda musiqa nazariy fanlari – solfejio, garmoniya, musiqa adabiyoti va maqom alifbo bo‘limlari xonalari, xor sinflari joylashgan. Innovatsion kabinet interfaol multimediali doska bilan jihozlangan bo‘lib, davra suhbatlari, ochiq darslar, viktorinalar, mahorat darslar o‘tkazish uchun qulay.

Har bir sinf uchun ko‘rgazmali qurollar tizimi har tomonlama o‘ylangan bo‘lib, bu o‘quvchilarga darsda olingan maʼlumotlarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Zamonaviy qulay o‘quv xonalari, mebel va eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu barchasi o‘qituvchilar uchun yaxshi mehnat sharoiti yaratish, navqiron avlodga sifatli taʼlim-tarbiya berishga qaratilgan.

Shundan so‘ng litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etilib, yosh iqtidorlar tomonidan ijro etilgan jahon va milliy musiqa namunalari konsert dasturiga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.

Text to speech