ARMIYA VA XALQ – BIR TANU BIR JON!
Bugun, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat harbiy garnizoni hamda mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Shu aziz Vatan-barchamizniki!" deb nomlangan ko‘rgazmali maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda 1000 ga yaqin mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda bolajonlar ishtirok etishdi.
Bu kabi maqsadli tadbirlar mahalla yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga keng zamin yaratmoqda.