Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Armiya va Xalq – bir tanu jondir!

Joriy yilning 03 dekabr kuni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan, yoshlarda harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, halq va armiya yakdilligini yana-da mustahkamlashga qaratilgan "Armiya va xalq – bir tanu jondir!" shiori ostida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi. Tadbirda, harbiy texnikalar, qurol-aslahalarning ko‘rgazmasi namoyish etilgani o‘g‘il-qizlarning askarlar hayotini tasavvur etishiga, Vatanni himoya qilish g‘oyat masʼuliyatli burch ekanligini tushunishga xizmat qildi. Milliy gvardiyaning xizmatda foydalanib kelinayotgan Qorabayir ot zotlari bilan yaqindan tanishgan ishtirokchilar, tulporlarni egarlab, minib, chavandozlik borasidagi dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida sportning shaxmat-shashka va kamondan otish turlari bo‘yicha ham mashg‘ulotlar olib borildi. Ayniqsa, azaliy milliy anʼana va qadriyatlarimizdan biri  sanalgan kamondan otish sporti yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘g‘il-qizlarda Vatanga muhabbat, uning posboni bo‘lishdek shonli kasbga mehr uyg‘otuvchi bu kabi tadbirlar vohada davom etmoqda.

Text to speech