Qashqadaryo viloyatida Xotin qizlar jamoatchilik kengashi masʼullari hamda viloyat Sog‘liqni saqlash bo‘limi hamkorligida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Insonga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat,sifat va samaradorligini yaxshilash hamda sog‘lom turmush darajasini oshirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devoni Xotin qizlar jamoatchilik kengashi masʼullari hamda viloyat Sog‘liqni saqlash bo‘limi hamkorligida harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan (kardiolog, stomatolog, terapevt, pediatr, ortoped, dermatolog) EKG, UTT bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, tahlil natijalariga ko‘ra laboratoriya xizmatlari va diagnostika hamda davolash choralari ko‘rildi.
Shuningdek, har bir tashrif buyuruvchi bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etilib, oilada tibbiy saviyani oshirish, sog‘lom muhitni yaratish to‘g‘risida zarur tushunchalar berildi.
Tadbirda asosiy eʼtibor sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tibbiy bilim va madaniyatni oshirish, kasalliklarni ilk davrida aniqlash va davolash choralarini ko‘rishga qaratildi.
Taʼkidlash joizki o‘z vaqtida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar xizmat samaradorligini yana-da oshirishga keng zamin yaratmoqda.