Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Avval xabar berganimizdek, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev rahbarligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatida  Davlatimiz Rahbari topshirig‘ining amaliy ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir mobaynida Ishchi guruh tomonidan viloyat aholisining energetika va oziq-ovqat ta’minoti, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-maishiy  muammolarini aniqlash va bartaraf etish, huquqni muhofaza qilish hamda kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish kabi dolzarb masalalarga  asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Milliy gvardiya qo‘mondoni bugun viloyat IIB binosida bo‘lib, tashkil etilgan  va hamkor vazirliklar xodimlaridan iborat tezkor shtab faoliyati bilan tanishdi.  Xodimlarga yuklatilgan mas’uliyatli  vazifalar bo‘yicha tushunchalar berilib,  ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan muammolarni tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, Qo‘mondon viloyat hokimi bilan birgalikda joylarga chiqib, iste’mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat zaxiralarini yaratish hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlarlar holati, shu bilan birga, IT yo‘nalishida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, tuman va mahallalarda aholining murojaatlari bilan ishlash ahvoli yuzasidan   “beshlik” bilan  uchrashib fikr mulohazalari tinglandi.

Ishchi guruh tomonidan mavjud muammoli masalalarni tezkor bartaraf etish choralari yuzasidan Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev hamda viloyat hokimi M.Azimov raisligida  video-selektor tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Ishchi guruh tarkibida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Bosh prokuratura, uning huzuridagi Departament, Soliq qo‘mitasidan rahbar va mas’ul xodimlar, shuningdek, viloyat sektor rahbarlari, Milliy gvardiyaning sohaviy xizmatlari hamda boshqa mutasaddi idoralar mas’ullari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda viloyat aholisining muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishdagi belgilab olingan muhim yo‘nalishlar yuzasidan ishchi guruh rahbarlariga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi va hamkorlik masalalari  muhokama qilindi.  

Viloyatdagi barcha mutasaddi rahbarlar ishchi guruhga o‘z xizmat vazifalarini bajarishda yaqindan yordam ko‘rsatishi, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan asosli takliflarini     tezkor shtabga taqdim etishlari  ta’kidlandi.

 Idoralararo ishchi guruh faoliyati Qashqadaryo viloyatida davom etmoqda.

 

Text to speech