Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Avval xabar berganimizdek,  kriminogen vaziyatni yaxshilash va aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar Milliy gvardiya qo‘mondoni rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan davom ettirilib, poytaxtimiz bo‘ylab tungi vaqtda hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan xizmat faoliyati o‘rganilmoqda.

Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining turli hududlarida tungi vaqtlarda xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir doirasida Shayxontohur va Olmazor tumanlarida joylashgan bir qator savdo va dam olish maskanlari, mahallalar, shuningdek, fuqarolar gavjum to‘planadigan hududlarda kechasi amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi xizmatlar holati o‘rganildi.

Xususan, Tashkent City Mall va Samarqand Darvoza savdo majmualarida tashkil etilgan tungi qo‘riqlash tizimi, Kamolon mahallasidagi Bunyodkor ko‘chasida joylashgan 24/7 ishlaydigan ko‘ngilochar ob’ektlar faoliyati, ushbu maskanlarda mahalliy aholi va sayyohlar uchun yaratilgan xavfsizlik sharoitlari, shuningdek, yaqin atrofdagi mahallalarda kechki xizmatlar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Tadbir davomida bozorlar, savdo markazlari va aholi gavjum joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ob’ektlarning ishonchli qo‘riqlanishi, shuningdek, hodisalar yuz bergan taqdirda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning o‘z vaqtida yetib kelishi bo‘yicha amalda mavjud tizimlar o‘rganildi va baholandi.

Shunga o‘xshash tadbirlar Olmazor tumanida ham davom ettirilib, Ecobozor, Muz saroyi, Chig‘atoy Art 24/7, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Ziyo mahallasida tungi navbatchilik va xavfsizlikni ta’minlashda jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik faoliyati ko‘rib chiqildi. Tegishli rahbarlarning axborotlari tinglanib, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli soha vakillari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Kelgusida hamkorlikni mustahkamlash, ish samaradorligini oshirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida aniq va maqsadli vazifalar belgilandi.

Text to speech