Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
“7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan 4-5 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida bo‘linmalardagi harbiy xizmatchi, xodima va ishchi xizmatchi ayollarda gematologiya va onkologiya kasalliklarini oldini olish maqsadida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Respublikamizning barcha viloyatlari va poytaxtimizdagi oilaviy poliklinikalarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda ayollar o‘zlarining sog‘ligi bo‘yicha shikoyatlarini endokrinolog, terapevt va boshqa shifokorlarga murojaat etib, qo‘shimcha laboratoriya ko‘riklaridan ham o‘tishdi.
Shu bilan bir qatorda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan ayollar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Bu kabi tibbiy ko‘riklar xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va shu orqali ularni oldini olishga qaratilgan.