Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga rasmiy izoh
Joriy yilning 21-yanvar kuni soat taxminan 16:00 da Xorazm viloyati Yangiariq tumani hududida joylashgan dala oʻquv maydonida Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalari ishtirokida navbatdagi taktik-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Mashgʻulot yakunlangach, harbiy qismga qaytib kelayotgan harbiy texnikalardan birining motor qismida elektr simlarining qisqa toʻqnashuvi oqibatida yongʻin yuzaga kelgan. Mazkur holat shaxsiy tarkib tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan va hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq.
Ayni paytda ushbu harbiy texnika xizmat koʻrsatish punktiga joylashtirilib, tegishli texnik koʻrik hamda tuzatish ishlari olib borilmoqda.