BAHORNING ILK BAYRAMI
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida kuni kecha “8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tantanali bayram o‘tkazildi.
Tadbirda o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik X.Dadaboyev so‘zga chiqib, markazda faoliyat yuritayotgan barcha xarbiy xizmatchi va xodima xotin-qizlarni muborakbod etib, ularga o‘z ezgu tilaklarini bildirdi.
Shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondoni va o‘quv markazi boshlig‘ining rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruqlari eʼlon qilinib, ko‘krak nishoni, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi.
Xodimalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligiga ular uchun yaratilgan sharoitlar va qaratilgan eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ayollar uchun tashkil etilgan bayram dasturxoni bayramga o‘zgacha ko‘rk va xush kayfiyat baxsh etdi.