O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi // Saylovlarni oʻtkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi / / Olmaliq shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun! Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya markazining xizmat itlari MDH davlatlari chempioni nominatsiyasini qo‘lga kiritdi  / / “Milliy gvardiya qo‘shinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi  / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi  / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya tizimidagi mutaxassis-kinologlar bilan “Dog-biatlon”, "Mina qidirish" va “Antiterror” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi kinolog” sport musobaqasi o‘tkazildi  

Ўз O'z Ру En

BAYRAM ARAFASIDA AYOLLAR “MURUVVAT” UYIGA TASHRIF BUYURILDI

Mehr, muruvvat hamda saxovat eng muqaddas tuyg‘ulardir. Shu bois bayram munosabati bilan mehr-muruvvat uylarida mehnat qilayotgan hamda ushbu maskandagi boshqalardan salomatlik jihatidan ajralib turadigan ayollarimiz holidan xabar olish maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimalari Buxoro shahar ayollar “Muruvvat” uyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida qalblari pok fidoiy shifokorlarga hamda muruvvat uyida yashovchi xotin-qizlarga taqdim etilgan gullar hamda esdalik sovg‘alar ularni ezgu faoliyatlarini davom ettirishida yana-da rag‘bat bo‘ldi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Taʼkidlash joizki, bu maskandagilar boshqalardan nafaqat salomatlik jihatidan, balki mehr-muruvvatga tashnaliklari bilan ham ajralib turadi. Ularning baʼzilari nogironligi bo‘lgan, jismonan o‘zgalar ko‘magiga muhtoj ayollardir. Tadbirda, muruvvat uyida istiqomat qiluvchi 255 nafar ayollar hamda tibbiyot xodimlariga sovg‘alar bilan bir qatorda, oziq-ovqat to‘plamlari, sanitariya-gigiyena vositalari va kiyim-kechaklar taqdim etildi.

Mazkur tadbirda Buxoro viloyati hokimi va Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i nozik xilqat vakillarini bayram bilan muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdilar. Tadbir xotin-qizlari uchun namoyish etilgan konsert dasturi va bezatilgan bayram dasturxoni bilan davom etdi.

Text to speech