Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BANDLIKNI TAʼMINLASH BO‘YICHA MEMORANDUM IMZOLANDI

Aholi bandligini taʼminlash ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni iqtidoridan kelib chiqqan holda ularni kasb hunarga yo‘naltirish borasida joylarda Milliy gvardiya masʼul xodimlari hamkor vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda zarur chora tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

Xususan, Namangan shahrida viloyatning “Nodirabegim” nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida xotin-qizlar bilan viloyatdagi maʼnaviyat targ‘ibotchilari va yozuvchilar ishtirokida madaniy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda ayollarning gender tengligi va bu borada davlatimiz rahbari eʼtibor markazida bo‘lgan vazifalar ijrosi yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda xotin-qizlarning murojaat va takliflaridan kelib chiqib, ularni ish bilan taʼminlash uchun Respublika bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Namangan viloyati “Ishga marhamat” monomarkazi davlat muassasasiga tashrif buyurildi.  Bu yerda mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv mobaynida xotin-qizlarni o‘qitish hamda malakasini oshirish borasidagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, mazkur monomarkaz rahbari hamda Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tomonidan mehnat sohasida faol aloqalarni o‘rnatish, harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini bandligini taʼminlash va rivojlantirish maqsadida Memorandum imzolandi.

Shundan so‘ng, Namangan shahridagi 30 nafar uyushmagan yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularni bandligini taʼminlash maqsadida “Ideal” kiyim tikuv korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.

Bu yerda yoshlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan aniq tushunchalar berish bilan birga, shu yerning o‘zida ularni shu sohaga qiziqtirish maqsadida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

Text to speech