Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Bankomat oldidagi yong‘in xodimlarning saʼy-harakati tufayli o‘z vaqtida bartaraf qilindi.

Joriy yilning 4 iyun kuni soat 19:39 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Qo‘riqlash bo‘limiga Milliy bank G‘uzor tumani filiali oldidagi 24/7 bankomatidan “tashvish” xabari kelib tushgan.

Xabarga asosan THG xodimlari voqea joyiga yetib borganda, mazkur bankomat oldidagi axlat qutisi yonayotganligi maʼlum bo‘lgan va yong‘in xodimlar tomonidan bartaraf etilgan.

Holat bo‘yicha bank masʼul xodimlari chaqirtirilib tekshirilganda bankomatga hech qanday zarar yetmaganligi va u ishchi holatda ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Bu vaqtda bankomat joylashlgan xona tashqarisida notanish ayol bo‘lgan. Holatga oydinlik kiritish maqsadida bank videokuzatuv kamerasi orqali tekshirilganda yong‘in mazkur fuqaro tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Xodimlar voqea sabablarini aniqlash uchun fuqaroni hududdagi ichki ishlar xodimi xonasiga taklif qilgan, biroq fuqaro yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism (pichoq) bilan ularga qarshilik ko‘rsatishga uringan. Shundan so‘ng, fuqaro majburan IIO ga olib borilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlarida ushbu fuqaro X.M ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech