Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BARCHA SAʼY-HARAKATLAR INSON QADRI UCHUN

Joriy yilning 30 noyabr kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida  “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining ijrosiga qaratilgan  video-selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Farmonni mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarlari, Markaziy devonning boshqarma, xizmat va bo‘lim boshliqlari, harbiy qism va taʼlim muassasalar, shuningdek barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning mutasaddi rahbarlari, ofitserlar  hamda serjantlar tarkibi ishtirok etishdi.

Yig‘ilish mobaynida Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mazkur  farmonda belgilab berilgan aniq vazifalar va maqsadli yo‘nalishlar tushuntirilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, xususan jamoat xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Farmon ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan, konsepsiya va yo‘l xaritalarida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ushbu yo‘nalishdagi  ishlarni  hamkor vazirliklar bilan birgalikda amalga oshirilishi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

         Yig‘ilishda so‘z olganlar  davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan mazkur Farmonning tarixiy ahamiyatiga urg‘u berib,  ushbu yangicha tizim Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga katta masʼuliyat yuklashini xis qilgan holda,  yurt tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlashdek sharafli vazifalarni bajarishda bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etib, sadoqat bilan xizmat qilishlarini bildirishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘z navbatida, mazkur tarixiy Farmon bilan Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan keng ko‘lamli vazifalar ijrosi, joylarda harbiy xizmatchi va xodimlarimiz tomonidan “Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida amalga oshirilishiga  ishonch bildirdi.

Text to speech