Bayram arafasida “Funksional ko‘pkurash” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilidi
Yurtimiz bo‘ylab bosh qomusimiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan joylarda ko‘plab tadbirlar tashkillanmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Turizm va sport boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 7 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi I.Karimov nomidagi teatr va sanʼat saroyi ishchi-xizmatchilari o‘rtasida sportning “Funksional ko‘pkurash” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilib,ishtirokchilar qisqa masofaga yugurish, tosh ko‘tarish, estafeta, stol tennisi, arqon tortish shartlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa barchaga birdek manzur bo‘ldi hamda kelgusida shu kabi musobaqalarni ko‘proq tashkil etish yuzasidan takliflar berildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilgan ishtirokchilar Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.