Bedarak yo‘qolgan fuqaro sog‘-omon yaqinlari bag‘riga
Joriy yilning 22 iyun soat 18:23da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismidan olingan xabarga ko‘ra, “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari, hududiy profilaktika inspektori va PPX xodimlari hamkorligida Chilonzor tumanidagi tibbiyot muassasasi oldida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan bedarak yoqolganligi uchun joriy yilning 25 may kunidan qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli A.A qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng fuqaro A.A IIO FMBga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan olib borilmoqda.