Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BESh TASHABBUS — BESh IMKON!

Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat kengashi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, farzandlarining yozgi taʼtil kunlarini mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida dala o‘quv maydonida besh tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda sportning shaxmat-shashka, kurash, stol tennisi bo‘yicha musobaqalar, badiiy kitoblar ko‘rgazmasi, musiqiy to‘garaklar hamda eng so‘ngi rusumdagi zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, bolajonlarga qorabayir otlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berilib, otlarga minish yo‘l-yo‘riqlari o‘rgatildi. Ochiq osmon ostida, tabiat qo‘ynida tashkil etilgan mazkur tadbir bolajonlar qalbida katta taassurot qoldirishi bilan bir qatorda maʼnaviy ozuqa berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Text to speech