Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti xavfsizligi yuqori darajada taʼminlandi

Joriy yilning 11 noyabrʼ kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tgan Samarqandga xalqaro jamiyat o‘z eʼtiborini qaratdi.

Anʼanaga ko‘ra, sammitda ishtirok etuvchi davlatlar rahbarlarini kutib olish marosimini tashkil etish Milliy gvardiyaga yuklatilgan bo‘lib, bu vazifa Milliy gvardiya faxriy qorovullari tomonidan bajarildi.

Shu bilan bir qatorda, Milliy gvardiya huquq-tartibot idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda sammitda ishtirok etuvchi 7 davlat – Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Turkmaniston,Vengriya va davlatimiz rahbarlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), Turkiy Davlatlar Parlament Assambleyasi (TURKPA), Xalqaro Turk Akademiyasi, Turkiy tillar akademiyasi, Turkiy tillar madaniyati va merosi jamg‘armasi, ushbu ko‘p tomonlama tuzilmaning Kotibiyati vakillarining xavfsizligini taʼminlash hamda sammit o‘tkaziladigan hudud va delegatsiyalar turar joylarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha oldindan chora-tadbirlar ko‘rildi.

Ekspertlarning fikricha, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuqori saviyada tashkil etilib, sammit xavfsizligini taʼminlashda tuzilmalar tomonidan belgilangan vazifalar to‘liq bajarildi.

Text to speech