BILIMLAR SINOVDAN O‘TKAZILMOQDA
Joriy yilning 5 avgust kunidan buyon Buxoro viloyatida oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ochiq havoda o‘tkazilayotgan imtihonning shaffof va adolatli o‘tishini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati Milliy gvardiya va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan abituriyentlar birma-bir maxsus tekshiruvdan o‘tkazilib, imtihonga kiritilishi nazorat qilinmoqda. Shuningdek, jamoat xavfsizligi taʼminlanib, karantin qoidalariga amal qilinishi borasida tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.