“Biz birgamiz” aziz bolajonlar!
Yurtimiz bo‘ylab Yangi yil munosabati bilan turli shiorlar ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar bolajonlarga olam-olam quvonch ulashmoqda. Shu kabi tadbirlar, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar bilan o‘tkazildi. Kirib kelgan Yangi 2021 yil bilan muborakbod etish, ularning murg‘ak qalblariga shodlik va bayram quvonchini olib kirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tashrif barcha ishtirokchilarda katta taʼssurot qoldirdi.
Ushbu tashrif mobaynida bolajonlar bilan “Biz birgamiz” mavzusida qiziqarli davra suhbati tashkil etilib, ular orasida turli kasblarga shu qatori harbiylikka qiziquvchi o‘smirlarning savollariga javob berildi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘ligini tiklash va ularni ruhiyatini yana-da ko‘tarish, hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun qiziqarli konsert dasturi havola etildi.
Ularga shodlik ulashgan ushbu tadbir yakunida bayram sovg‘alari ulashildi.