BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toyloq tuman Kengashi, 2-sonli kasb-hunar maktabi hamkorligida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda giyohvandlik bugungi kunda butun dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biri ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, giyohvandlikka oid jinoyatchilikning huquqiy asoslari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.